Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Toshkentdagi renovatsiya vaqtida aholiga Yangi Toshkentdan xonadonlar taklif etiladi

Toshkentda uy-joyi renovatsiyaga tushgan mulkdorlar kompensatsiya sifatida Yangi Toshkentdan xonadon olishi mumkin. Bunday imkoniyat prezidentning 10 noyabrdagi farmonida nazarda tutilgan.

16-noyabr, 18:14По-русски

Read in English

Yangi qoidalarga koʻra, taqdim etiladigan koʻchmas mulkning qiymati avvalgi uy-joyning baholangan qiymatining 150 foizigacha yetishi mumkin. Poytaxt hokimligida aniqlik kiritilishicha, yangi xonadonning maydoni ham avvalgisidan 1,5 baravar katta boʻlishi mumkin.

Masalan, maydoni 50 kv. metr boʻlgan xonadon egasiga 75 kv. metrgacha boʻlgan uy-joy taklif qilinishi mumkin. 70 kv. metrli xonadonda yashaydigan oila maydoni 105 kv. metrgacha boʻlgan variantni yoki ikkita alohida xonadonni koʻrib chiqishi mumkin.

Biroq bunday shartlar kafolatlanmaydi. Har bir holat koʻchmas mulk qiymati, oilaning ehtiyojlari va mulkdorlarning roziligi hisobga olingan holda alohida koʻrib chiqiladi.

Renovatsiya toʻgʻrisidagi qonunda, shuningdek, uy-joy mulkdorlarining kamida 80 foizi roziligini olish, kompensatsiyalar taqdim etish va rozi boʻlmagan aholiga bosim oʻtkazishni taqiqlash ham nazarda tutilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media