Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Sportchi okean ifloslanishiga qarshi chiqib, Hormuz boʻgʻozini suzib oʻtdi

Britaniyalik suzuvchi Eron bilan bogʻliq mojaroning ekologik oqibatlariga eʼtibor qaratish uchun Hormuz boʻgʻozi boʻylab 15 km masofani suzib oʻtdi.

23-noyabr, 20:07По-русски

Read in English

ru.euronews.com

56 yoshli Lyuis Pyu, BMTning okeanlar boʻyicha homiysi, hududdagi jangovar harakatlar va kemalarga uyushtirilayotgan hujumlarga qaramay, suzishni uch kun davomida amalga oshirdi.

Suzish boshlanganidan 20 daqiqa oʻtiboq sportchi ikkita portlash ovozini eshitdi va oʻzidan taxminan toʻrt kilometr narida yonayotgan neft tankerini koʻrdi. Ertasi kuni u yonida alanga tillari koʻtarilayotgan gaz tashuvchi kemaga hujum qilinganining guvohi boʻldi.

Pyu tankerlarning shikastlanishi, neft va kimyoviy moddalarning sizib chiqishi mintaqaning dengiz ekotizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidladi. Marjon riflari, mangrov oʻrmonlari, dengiz toshbaqalari va delfinlar xavf ostida qolmoqda. Uning baholashicha, ifloslanish oqibatlari oʻnlab yillar davomida saqlanib qolishi mumkin.

Sportchi bu aksiyasi orqali urush nafaqat odamlarga va infratuzilmaga, balki tabiatga ham tahdid solayotganini eslatmoqchi boʻldi. U jangovar harakatlarni toʻxtatishga, Hormuz boʻgʻozini ochishga va ifloslanish oqibatlarini bartaraf etishga chaqirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media