Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Oʻzbekistonda narxlar haqidagi ochiq maʼlumotlarga ega NarxStat ishga tushirildi

NarxStat platformasida isteʼmol, uy-joy va sanoat narxlari haqidagi maʼlumotlar hududlar va tumanlar kesimida jamlangan. Maʼlumotlardan bepul foydalanish mumkin.

15-noyabr, 15:58По-русски

Read in English

Milliy statistika qoʻmitasi platformani 13-noyabr kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida taqdim etdi. Sayt narx.stat.uz manzilida ishlaydi, maʼlumotlarni esa CSV va JSON formatlarida yuklab olish yoki API orqali roʻyxatdan oʻtmasdan olish mumkin.

Platformada isteʼmol narxlari indeksi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va yoqilgʻining haftalik oʻrtacha narxlari, shuningdek, uy-joy bozori hamda sanoat ishlab chiqaruvchilari narxlari koʻrsatkichlari mavjud. Foydalanuvchilar inflyatsiya va isteʼmol xarajatlari kalkulyatorlaridan foydalanishlari mumkin.

Servisda hududlar boʻyicha oʻrtacha narxlar va ularning haftalik oʻzgarishlari koʻrsatilgan xarita, tovarlar qiymati dinamikasi grafiklari, eng koʻp qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar roʻyxati mavjud. Shuningdek, soʻnggi yarim yil ichida eng yuqori va eng past narxlarga ega boʻlgan tovarlar haqidagi maʼlumotlar, hududlardagi narxlarni taqqoslash imkoniyati, maʼlumotlarni yangilash taqvimi va hisob-kitob formulalari tavsifi ham taqdim etilgan.

Platforma maʼlumotlariga koʻra, oktabr oyida isteʼmol narxlari sentabrga nisbatan 0,6 foizga, yil davomida esa 6,5 foizga oshgan. Uy-joy narxlari uchinchi chorakda avvalgi chorakka nisbatan 1,4 foizga, yillik hisobda esa 4,8 foizga koʻtarilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media