«PSJ» Duening «xochsimon» bogʻlami uzilganini tasdiqladi: operatsiya noyabr oxirigacha oʻtkaziladi
21 yoshli vinger 1-Liganing «Nitsa»ga qarshi uchrashuvi birinchi boʻlimida jarohat oldi. Parijliklar 3:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda fransiyalik futbolchini maydondan zambilda olib chiqishdi, u koʻz yoshlarini tiya olmadi.
22-noyabr, 17:41По-русски

fussballtransfers.com
Keyinroq LʼÉquipe dastlabki tekshiruvlar natijalariga tayanib, Duening oʻng tizzasidagi oldingi xochsimon bogʻlam shikastlanganini maʼlum qildi. Endi klub ham buni tasdiqladi: futbolchining bogʻlami uzilgan, operatsiya oy oxirigacha oʻtkaziladi.
Due bir necha oy maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.





