Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston aholi jon boshiga YaIM boʻyicha $10 minglik marradan oshishni rejalashtirmoqda

Markaziy bank raisi oʻrinbosari Nodirbek Achilov bunga toʻrt-besh yil ichida erishish rejalashtirilayotganini maʼlum qildi

17-noyabr, 01:57По-русски

Read in English

Bu haqda Achilov Toshkentda XVJning Kavkaz va Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy iqtisodiy prognozi taqdimotida maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, belgilangan koʻrsatkichga erishish islohotlarni davom ettirish va rivojlanishning yangi modeliga oʻtishni talab qiladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqa idoralar bilan birgalikda iqtisodiy oʻsishning yangi siyosatini allaqachon ishlab chiqdi. U tarkibiy oʻzgarishlar, avval boshlangan islohotlarni yakunlash hamda rivojlanish surʼatlarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha choralarni oʻz ichiga oladi. Achilov erishilgan natijalar hozircha belgilangan maqsadni amalga oshirish uchun yetarli emasligini taʼkidladi.

Jahon bankining Toshkentdagi katta iqtisodchisi Pinar Yasharning aytishicha, islohotlarning keyingi bosqichida barqaror oʻsish va unumdorlikni oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash qiyinroq boʻladi. Uning soʻzlariga koʻra, dastlabki bosqichda valyuta kursi va narxlarni liberallashtirish, shuningdek, toʻsiqlarni bartaraf etish ustuvor vazifalar boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

XVJning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Koba Gvenetadze barqaror rivojlanishning sharti makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash ekanini aytdi. U keyingi bosqichning ustuvor yoʻnalishlari qatorida davlat korxonalari, mehnat bozori va taʼlim, energetika sohalaridagi islohotlar, raqamlashtirish hamda pensiya tizimidagi oʻzgarishlarni sanab oʻtdi.

XVJ davlat korxonalari islohotini tezlashtirish tarafdori hamdir. Jamgʻarma bahosiga koʻra, bu korxonalar unumdorlikni oshirishi va inflyatsion bosimni kuchaytirmagan holda iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashi kerak. Korxonalarga davlat koʻmagini korporativ boshqaruv tamoyillarini joriy etish bilan bogʻlash, xususiylashtirishni esa shaffof va xalqaro tamoyillar asosida amalga oshirish taklif etilmoqda.