Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

OpenAI professionallar uchun GPT-6.2 Astra va kundalik vazifalar uchun GPT-6.2 Solʼni taqdim etdi

Har ikki model ChatGPTʼda va API orqali mavjud

18-noyabr, 09:23По-русски

Read in English

3dnews.ru

GPT-6.2 Astra tariflari 1 mln kiruvchi token uchun $8, 1 mln keshdan olingan kiruvchi token uchun $0,40 va 1 mln chiquvchi token uchun $40 ni tashkil etadi. GPT-6.2 Sol uchun avvalgi versiyadagi tariflar saqlanib qoldi — mos ravishda $2, $0,10 va $10.

OpenAI maʼlumotlariga koʻra, Astra hujjatlar tayyorlash, maʼlumotlarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar, dasturlash va 3D-modellashtirishdagi natijalarni yaxshiladi. Agents’ Last Exam testida u GPT-6 Astraʼdan 5,2 foizga yuqori natija koʻrsatdi va vazifalarni bajarishga mablagʻning uchdan biridan kamini sarfladi. Sol FrontierCode 2.0’da Astraʼdan 0,5 foizdan kam farq bilan ortda qoldi, biroq undan foydalanish taxminan besh baravar arzonga tushdi.

Har ikki model ChatGPT Plus, Pro, Enterprise va Edu foydalanuvchilari uchun ChatGPT Work va Codex orqali, ishlab chiquvchilar uchun esa API orqali mavjud. OpenAI ehtimoliy xavfli soʻrovlar boʻyicha cheklovlarni ham kuchaytirdi: har ikki model kiberxavfsizlikda «kritik», biologiya va kimyoda esa «yuqori» darajaga ega boʻldi. Astra kompaniyaning ommaga taqdim etilgan modellari orasida AI Self-improvement mezoni boʻyicha «yuqori» darajaga erishgan birinchi model boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media