Tesla mijozlar uchun vaqtincha beriladigan avtomobillar oʻrniga robotaksilardan foydalana boshlaydi
Kompaniya Robotaxi xizmatini elektromobillarini taʼmirlash uchun servis markazlariga qoldirgan avtomobil egalariga taklif qila boshladi.

Avval bunday holatlarda Tesla mijozga vaqtincha beriladigan avtomobil taqdim etishi yoki maxsus vaucherlar yordamida Uber safarining haqini toʻlashi mumkin edi. Endi harakatlanish variantlaridan biri Robotaxi xizmatidan foydalanish boʻladi.
Shu tariqa kompaniya oʻzining avtonom transport xizmatini asta-sekin nafaqat alohida biznesga, balki mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimining bir qismiga ham aylantirmoqda. Bu Teslaʼga yoʻlovchilarni faolroq jalb qilish va Robotaxi auditoriyasini kengaytirish imkonini beradi.
Biroq hozircha vaqtincha beriladigan avtomobillar va taksi safarlari uchun tovon toʻlashdan butunlay voz kechish haqida gap ketmayapti. Yangi variantning mavjudligi mintaqa va xizmat imkoniyatlariga bogʻliq.





