Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston va Xitoy atom energetikasida hamkorlikni rejalashtirmoqda

Oʻzbekiston va Xitoy vakillari Pekinda atom energetikasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Tomonlar AES xavfsizligi, mutaxassislar tayyorlash va tajriba almashinuvini koʻrib chiqdi.

24-noyabr, 21:30По-русски

Read in English

gov.uz

Muzokaralarda Oʻzbekiston energetika vaziri Sherzod Xoʻjayev, «Oʻzatom» direktori Azim Ahmedxadjayev, Xitoy Davlat energetika boshqarmasi rahbari Van Xunchji va Xitoy Atom energiyasi agentligi raisi Shan Chjunde ishtirok etdi.

Tomonlar atom energetikasida Xitoy texnologiyalari va ilmiy-texnik salohiyatidan foydalanishni muhokama qildi. AESlardan xavfsiz foydalanish, yadro va radiatsiya xavfsizligi, mutaxassislar tayyorlash hamda tajriba almashinuviga alohida eʼtibor qaratildi. Ishtirokchilar uzoq muddatli hamkorlikdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Avgustda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamkor davlatni aytmagan holda, ikkinchi AES loyihasini tayyorlash haqida gapirgan. Sentabrda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich stansiyani Xitoy hamkorlari ishtirokida qurish rejalashtirilayotganini maʼlum qilgan. Oʻzbekiston birinchi atom loyihasini Rossiya bilan amalga oshirmoqda: bir maydonda ikkita VVER-1000 va ikkita RITM-200N energoblokini joylashtirish rejalashtirilgan, ularning umumiy quvvati qariyb 2,1 ming MVtni tashkil etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media