Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Tarbiya boʻyicha murabbiy bolalarni boshqalarga yoqishga oʻrgatuvchi olti odatni aytdi

Ongli tarbiya boʻyicha murabbiy Rim Rauda bolalarni istaklarini bostirish va atrofdagilar maʼqullashini izlashga oʻrgatishi mumkin boʻlgan olti odatni sanadi.

24-noyabr, 03:16По-русски

Read in English

Sander Weeteling на Unsplash / Unsplash

200 dan ortiq oila bilan ishlagan Raudaning fikricha, hammaga yoqishga intilish uyda uchraydigan oddiy vaziyatlarda shakllanishi mumkin. Masalan, bola muloyimligi va shikoyat qilmagani uchun doim maqtalsa, u oʻz ehtiyojlari boshqalarga xalaqit beradi, deb oʻylashi mumkin.

U bunday odatlarga kattalar bilan bahslashishni taqiqlashni, «Men sen uchun shuncha ish qildim» kabi aybdorlik hissini uygʻotadigan gaplarni va yon berish uchun haddan tashqari maqtashni ham kiritadi. Natijada bola oʻz qilmishlari uchun emas, ota-onasining hissiy holati uchun javob bera boshlashi, mehribonlikni esa oʻz manfaatlaridan voz kechish bilan bogʻlashi mumkin.

Rauda bolalarga hafsalasi pir boʻlganini aytish, rozi boʻlmaslik, quchoqlash yoki narsalarini almashishdan bosh tortishga ruxsat berishni tavsiya qiladi. Kattalar qoʻpol xatti-harakatni boshqa nuqtayi nazarga ega boʻlishdan ajratishi va shaxsiy namuna koʻrsatishi kerak: chegaralarni belgilash, oʻz ehtiyojlari haqida gapirish va baʼzan rad etish. Uning fikricha, tarbiyaning maqsadi bolani hammaga qulay qilish emas, balki unga boshqalar bilan munosabatlarda oʻzligini saqlashga yordam berishdir.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media