Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Keyt Middlton saraton tashxisi uning hayotini qanday oʻzgartirgani haqida soʻzlab berdi

Uels malikasi Keyt Middlton Heal hujjatli filmining treylerida kasallik va tiklanish haqidagi kechinmalari bilan oʻrtoqlashdi. Uning soʻzlariga koʻra, saraton nafaqat tanani, balki insonning oʻzini ham yanada chuqurroq darajada oʻzgartiradi.

24-noyabr, 00:21По-русски

Read in English

eonline.com

30 daqiqalik filmda gersoginya oʻz boshidan kechirganlarini eslaydi va ogʻir kasalliklarga duch kelgan insonlar bilan suhbatlashadi. Filmda, shuningdek, noaniqlikka qaramay, davolanishdan soʻng odatiy hayot ritmi, umid va quvonchni qayta tiklash haqida hikoya qilinadi.

Tasvirga olish ishlarining bir qismi National Three Peaks Challenge xayriya sinovi vaqtida boʻlib oʻtgan. 2026 yil iyun oyida Keyt 24 soat ichida Shotlandiya, Angliya va Uelsdagi eng baland uch choʻqqini zabt etdi. Aksiya Royal Marsden Cancer Charity xayriya jamgʻarmasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Middlton tashxis haqida 2024 yil mart oyida maʼlum qilgan, 2025 yil yanvarida esa kasallik remissiya bosqichida ekanini bildirgan. Film premyerasi 29 noyabr kuni BBC telekanalida boʻlib oʻtadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media