Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

“Signal” doramasining ikkinchi mavsumi 7-dekabrda chiqadi

Janubiy Koreya telekanali uzoq kutilgan “Signal” detektiv seriali davomining ilk tizerini taqdim etdi. Yangi mavsum sirli tergovlar, oʻtmish va bugun oʻrtasidagi aloqa hamda tomoshabinlarga yoqib qolgan qahramonlarning qaytishi haqida hikoya qiladi.

24-noyabr, 02:57По-русски

Read in English

soompi.com

Ikkinchi mavsum 2016-yilda chiqqan doramaning davomi boʻladi. Syujet markazida sirli ratsiya yordamida ochilmagan jinoyatlarni tergov qiladigan politsiyachilar turadi. Bu ratsiya turli davrlarda yashaydigan odamlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.

Ilk tizerda eski ratsiya koʻrsatilgan: u orqali oʻtmish va bugundagi detektivlar oʻrtasida yana aloqa oʻrnatiladi. Tanish ovozlar va rolikning yakuniy jumlasi yangi tergovlar boshlanishiga ishora qiladi.

Kim Hye-su, Li Je-hun va Cho Jin-un oʻz rollariga qaytdi. Ssenariyni yana Kim Eun-hi yozdi.

Sakkiz qismli loyiha 2026-yil 7-dekabrda premyera qilinadi. Birinchi kuni tomoshabinlarga birdaniga ikki qism namoyish etiladi, uchinchi qism esa 8-dekabrda chiqadi. Keyin yangi qismlar dushanba va seshanba kunlari efirga uzatiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media