Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Markaziy Osiyo mamlakatlari sanoatni ekologiklashtirish uchun yagona raqamli platforma yaratadi

Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston ekologik texnologiyalar hamda korxonalarni modernizatsiya qilish tajribasi bilan almashishga kelishib oldi.

20-noyabr, 20:28По-русски

Read in English

Markaziy Osiyoning toʻrt mamlakati eng yaxshi mavjud texnologiyalar (EMT) boʻyicha mintaqaviy raqamli platforma yaratishga kelishib oldi. Tegishli memorandumni Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston vakillari BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi (COP31) doirasidagi Antaliyada oʻtkazilgan xalqaro sessiyada imzoladi.

Platforma sanoat korxonalariga atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, zararli chiqindilarni qisqartirish va tabiiy resurslardan tejamkorroq foydalanish imkonini beradigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga yordam berishi kerak.

Shuningdek, mamlakatlar ekologik texnologiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni birgalikda ishlab chiqishni, xalqaro tajriba almashishni va sanoatni modernizatsiya qilish yondashuvlarini muvofiqlashtirishni rejalashtirmoqda.

Xalqaro ekspertlar, jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) bilan hamkorlikka, shuningdek, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media