Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Jensen Huangning qaytishi: Trump qarshi emas, Musk tarafdor, Nvidia esa qarshi

AQShda Jensen Huangni Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarish kampaniyasi tobora avj olmoqda. Bu talab aks etgan petitsiyani 180 mingdan ortiq kishi imzoladi. Uni qoʻllab-quvvatlayotganlar orasida tadbirkor Elon Musk va AQSh prezidenti Donald Trump ham bor.

18-noyabr, 17:04По-русски

Read in English

tengrinews.kz

Trump Huang qaytadigan boʻlsa, bunga qarshi boʻlmasligini aytib, u yuz bergan voqeadan muhim saboq chiqargan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi.

Biroq Nvidia rahbariyati sobiq rahbarning ketishi haqidagi qarorni hozircha qayta koʻrib chiqmoqchi emas. Reuters maʼlumotlariga koʻra, direktorlar kengashi uni lavozimiga qayta tiklash imkoniyatini hatto koʻrib chiqmayapti.

Huang kompaniya xodimalari bilan ehtimoliy romantik munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan lavozimini tark etgan. Bundan tashqari, AQSh maxsus xizmatlari uning tanishlaridan biri Elis Huangning Xitoy razvedkasi bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirmoqda. Bu holatlar hozircha tergov mavzusi boʻlib qolmoqda.

Investorlarning fikri ikkiga boʻlindi: ayrimlari tajribali rahbarning qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda, boshqalari esa bu kompaniya uchun qoʻshimcha huquqiy va obroʻ-eʼtibor xatarlarini keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media