Oʻzbekistonda issiqxona uskunalarini sertifikatlash 1 mln soʻmdan oshmaydi
Oʻzbekistonda issiqxona qozonlarini sertifikatlashning eng yuqori qiymati belgilanadi — u 1 mln soʻmdan oshmaydi. Bu qaror tadbirkorlar uskunalarni tekshirtirish xarajatlari keskin oshganidan shikoyat qilganidan soʻng qabul qilindi.

Ekologik ekspertiza markazi Ekologik sertifikatlash boshqarmasi bilan issiqxona qozonlariga sertifikat berish qiymatini cheklashga kelishdi. Bu summaga uskunalarni laboratoriyada tekshirish ham kiritilgan.
Avval issiqxona egalari qozonlarni tekshirtirish uchun ulardan avvalgi 9 mln soʻm oʻrniga qariyb 38 mln soʻm talab qilinganini bildirgan edi.
Shu bilan birga, uskunalarni sertifikatlash ekologik ekspertiza qiymatiga kirmaydigan alohida xizmat hisoblanadi. Uning tariflarini hukumat may oyida tasdiqlagan. Atrof-muhitga taʼsirining uchinchi toifasiga kiruvchi issiqxonalar uchun bunday ekspertiza qiymati 2,86 mln soʻmni tashkil etadi.
Bu summaga laboratoriya tekshiruvlari, oʻlchovlar va qozonlarni sertifikatlash ham kirmaydi. Shu tariqa, yangi cheklov issiqxona xoʻjaliklari egalarining moliyaviy yukini kamaytirishi kerak.





