Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

«Al-Hilol» Uotkins va Martinelli gollariga qaramay, «Neftchi» ustidan gʻalabani saqlab qola olmadi

Fargʻonaning «Neftchi»si OFK Chempionlar ligasi Elita ligasi 5-turida «Al-Hilol» bilan 2:2 durang oʻynadi. Saudiya klubi 2:0 hisobida oldinda edi.

24-noyabr, 22:08По-русски

Read in English

the-afc.com

Uchrashuv Fargʻonadagi «Istiqlol» stadionida boʻlib oʻtdi. «Al-Hilol» safida Ollie Uotkins 21-daqiqada, Gabriel Martinelli esa 28-daqiqada angliyalik futbolchining uzatmasidan soʻng gol urdi.

Tanaffusdan keyin «Neftchi» hisobni tenglashtirdi: 50-daqiqada Abrorbek Ismoilov gol urdi, yana 20 daqiqadan soʻng esa Saudiya jamoasi himoyachisi Yusuf Akchichek toʻpni oʻz darvozasiga yoʻlladi. Gol VAR tekshiruvidan keyin hisobga olindi.

«Al-Hilol» 10 ochko jamgʻarib, Gʻarb mintaqasi jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. «Neftchi»da besh ochko bor va jamoa 10-oʻrinni egallab turibdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media