Markaziy Osiyo mamlakatlari uchta yangi qoʻshma loyihani kelishib oldi
Bishkekda Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun BMT maxsus dasturi (SPEKA) ishtirokchilari transport, savdo va suv resurslarini boshqarish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi.
Uchrashuv yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilindi va uchta loyiha maʼqullandi, deb xabar beradi Avesta.tj.
Birinchi loyiha toʻgʻonlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan. Ikkinchi loyiha transport koridorlarini, jumladan, Transkaspiy yoʻnalishini rivojlantirish hamda transportning turli turlaridan foydalaniladigan tashuvlarni yaxshilashni nazarda tutadi.
Uchinchi loyiha «yashil» iqtisodiyotga bagʻishlangan boʻlib, savdoni soddalashtirish, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash va kichik hamda oʻrta biznesning raqobatbardoshligini oshirishni oʻz ichiga oladi.
Moliyalashtirishni Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston badallari hisobidan SPEKAning maxsus jamgʻarmasi taʼminlaydi. Hozir jamgʻarma jami oltita loyihani qoʻllab-quvvatlamoqda.
2027 yilda dasturga raislik Oʻzbekistonga oʻtadi.





