Toshkentda yil boshidan beri avtobuslarda chiptasiz yurish boʻyicha 158 mingdan ortiq bayonnoma rasmiylashtirildi
Transport vazirligi maʼlum qilishicha, 2026 yil boshidan beri poytaxt avtobuslarida yoʻl haqini toʻlamaganlik boʻyicha 158 237 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Undirilgan jarimalar 3,6 mlrd soʻmdan oshgan.

Transport vazirligi maʼlum qilishicha, 2026 yil boshidan beri poytaxt avtobuslarida yoʻl haqini toʻlamaganlik boʻyicha 158 237 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan. Undirilgan jarimalar 3,6 mlrd soʻmdan oshgan. Jamoat transportida nazorat tadbirlari davom etmoqda. Ular yoʻl haqini toʻlash qoidalariga rioya etilishini taʼminlash va Toshkent avtobuslarida chiptasiz yurishning oldini olishga qaratilgan.
1 noyabrdan 22 noyabrgacha oʻtkazilgan tekshiruvlar yakunlariga koʻra, 19 457 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bir kunda oʻrtacha 884 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Undirilgan jarimalarning umumiy summasidan 449,9 mln soʻmi noyabr oyining dastlabki 22 kuniga toʻgʻri kelgan.
1 sentyabrdan boshlab brutto-shartnomalar tizimi asosida ishlaydigan shahar avtobuslarida yoʻlovchilar yoʻl haqini avtobusga chiqish vaqtida toʻlashlari kerak. Toʻlovni amalga oshirmaganlik uchun 44 ming soʻm miqdorida jarima belgilangan.





