Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Robert Dauni-kichik yangi «Qasoskorlar» filmlarida bosh yovuz qahramon boʻladi

Marvelʼning Multikoinot dostonini yakunlashi kerak boʻlgan yangi yirik loyihasi — «Qasoskorlar: Doktor Dum» filmining treyleri chiqdi. Unda Robert Dauni-kichik franshizaga qaytadi, ammo bu safar Temir odam obrazida emas, bosh antagonist rolida namoyon boʻladi.

24-noyabr, 14:11По-русски

Read in English

ukr.vgtimes.com

Film syujetiga koʻra, uch xil olam qahramonlari butun boshli olamlarni yoʻq qilishga qodir tahdid bilan toʻqnash keladi. Filmda Marvelʼning asosiy kinematografik olami, «Fantastik toʻrtlik» va «X odamlar» franshizasi qahramonlarining qaytishi kutilmoqda.

Aktyorlar tarkibidan Florens Pyu, Devid Harbor, Sebastyan Stan, Lyuis Pullman va boshqa yulduzlar oʻrin olgan. Shu bilan birga, Benedikt Kamberbatch, Tom Holland va Hyu Jekman kabi qator mashhur aktyorlarning ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Dastlab «Qasoskorlar»ning beshinchi qismi «Kanglar sulolasi» deb atalishi kerak edi, biroq Marvel rejalarini oʻzgartirib, Doktor Dumni bosh yovuz qahramonga aylantirdi.

Filmning jahon premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan. Franshizaning navbatdagi qismi — «Qasoskorlar: Maxfiy urushlar» — 2027-yil 17-dekabrda chiqishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media