Trampning savdo siyosati AQSh va uning hamkorlariga iqtisodiy bosimni kuchaytirmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp boshlagan savdo urushining oqibatlari mamlakat ichida ham, xalqaro maydonda ham tobora yaqqol sezilmoqda. Trampning XXR raisi Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Shenchjendagi uchrashuvi fonida savdo bojlari yana jahon kun tartibining markazidan joy oldi.

Fortune maʼlumotlariga koʻra, amerikalik uy xoʻjaliklari oʻtgan yil bojlar sabab qoʻshimcha soliqlarga qariyb 1 000 dollar toʻlagan. Budget Lab hisob-kitobiga koʻra, yangi tariflar joriy yilda xarajatlarni yana kamida 900 dollarga oshirishi mumkin.
Kompaniyalarga 166 mlrd dollarni qaytarish masalasi alohida bahslarga sabab boʻldi. Walmart va Target kabi yirik savdo tarmoqlari narxlarni pasaytirdi, biroq ayrim chakana savdo kompaniyalari foydani xaridorlarga yetkazmagani haqidagi ayblovlar tufayli jamoaviy daʼvolarga duch keldi.
Ayni paytda Kanada Xitoy, Yevropa va Hindiston bilan savdo aloqalarini mustahkamlamoqda. Pekin bilan tuzilgan yangi kelishuv Kanada eksportining qariyb 400 mln dollarini qamrab oladi hamda Xitoy poʻlati va alyuminiysiga qoʻyilgan bojlarni yumshatishni nazarda tutadi.
Xitoy ham jahon savdosidagi mavqeyini mustahkamlashga intilmoqda. Si Szinpin bozorlarni ochiq tutish tarafdori ekanini bildirdi va proteksionizmni tanqid qildi. Shu fonda Vashingtonning savdo siyosati global iqtisodiy aloqalarning yanada oʻzgarishiga turtki berishi mumkin.





