Oʻzbekistonliklar uchun eng mashhur 10 ta xorijiy yoʻnalish maʼlum qilindi
2026-yil yanvar–oktyabr oylarida 6,5 mln Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqdi. Eng mashhur yoʻnalish — Qirgʻiziston Respublikasi: 2 983 680 ta safar.
16-noyabr, 18:52По-русски

stat.uz
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan xorijga chiqqanlar soni 154,2 ming kishiga oshgan.
Yoʻnalishlar orasida ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston egalladi — 1 183 775 ta safar. Tojikistonga 1 092 184 nafar Oʻzbekiston fuqarosi yoʻl oldi.
Eng mashhur 10 ta yoʻnalish qatoridan Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Misr va Vetnam ham joy oldi. Shu tariqa, talab eng yuqori boʻlgan yoʻnalishlar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlari ustunlik qiladi.





