Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

«Titanik»dan uzunroq layner sunʼiy rifga aylandi

SS United States eng yirik sunʼiy rifni yaratish maqsadida Florida qirgʻoqlari yaqinida ataylab choʻktirildi. Kema Meksika qoʻltigʻining taxminan 55 metr chuqurligidagi tubiga yotdi.

12-noyabr, 20:01По-русски

Read in English

Brian.S.W / Wikimedia Commons

SS United States dengizga 11 noyabr kuni olib chiqildi. Uning korpusida teshiklar ochildi va ular orqali ichkariga suv kira boshladi. Kema tubga tik holatda tushdi.

Tashkilotchilar layner taxminan bir soatda suv ostiga ketadi, deb hisoblagan edi, biroq jarayon choʻzilib ketdi.

Endi kema taxminan 55 metr chuqurlikda, uning yuqori palubalari esa suv yuzasidan taxminan 18 metr pastda joylashgan. Yangi obyekt okrugdagi taxminan 500 ta sunʼiy rifdan biriga aylanadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

SS United States 1946 yilda loyihalashtirilgan. Layner 1952 yildagi ilk reysi vaqtida Atlantika okeanini kesib oʻtish tezligi boʻyicha rekord oʻrnatgan. Uning uzunligi taxminan 305 metr, «Titanik»ning uzunligi esa 269 metr boʻlgan.

Turli yillarda layner yoʻlovchilari orasida Garri Trumen, Jon F. Kennedi, Bill Klinton, Merilin Monro, Uolt Disney, Salvador Dali va Koko Shanel boʻlgan. 1963 yilda kema Leonardo da Vinchining «Mona Liza» asarini Atlantika orqali tashigan.

Layner 1969 yilda foydalanishdan chiqarilgan. Shundan soʻng SS United States 30 yil davomida pristan yonida qolgan. Tarixiy merosni muhofaza qilish tashkilotlari kemani qayta tiklashga bir necha bor urinib koʻrgan, biroq 2026 yilda hokimiyat undan sunʼiy rif yaratish uchun foydalanishga qaror qilgan.