Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Raqobat qoʻmitasi konsertlar reklamalarida 27 ta qoidabuzarlikni aniqladi

Eʼlonlarda chiqishlar jonli ijroda yoki fonogrammadan foydalanib oʻtkazilishi koʻrsatilmagan.

20-noyabr, 04:39По-русски

Read in English

Raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi sanʼatkorlar konsertlari haqidagi 27 ta eʼlonda qoidabuzarliklarni aniqladi. Jumladan, Lolita, Ani Lorak, Mayot, Izzat Shukurov, Rayhon Gʻaniyeva, Gʻaybulla Tursunov va Ummon guruhining chiqishlari haqidagi Instagram reklamasi qoidabuzarliklar bilan eʼlon qilingan. Shuningdek, roʻyxatga «Mashina vremeni», Toxi$ va Otar Kushanashvili bannerlari ham kiritilgan.

Qoʻmita tashkilotchilardan eʼlonlarni tuzatishni talab qildi. Qonunga koʻra, tomoshabinlar konsertda fonogrammadan foydalaniladimi-yoʻqmi, buni oldindan bilishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media