ATP yakuniy turniri — 2026: 19 noyabr yakunlari
19 noyabr kuni Turin shahrida ATP yakuniy turnirining guruh bosqichidan navbatdagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Bu kuni Jon MakEnro guruhidagi tennischilar kortga chiqdi va har ikki bahs ham ikki setda yakunlandi.

AQShdan uchinchi raqam ostida saralangan Ben Shelton Ispaniyalik Rafael Xodarni (8-raqam ostida saralangan) magʻlub etdi. Har ikki set murosasiz kechdi: amerikalik birinchi setda tay-brekda 10:8 hisobida, ikkinchisida esa 7:5 hisobida gʻalaba qozondi.
Turnirning birinchi raketkasi Aleksandr Zverev ham gʻalaba qozondi, biroq bu uchrashuv unga koʻp kuch talab qildi. Oltinchi raqam ostida saralangan fransiyalik Artur Fis nemis tennischisiga birinchi setni 4:6 hisobida boy berdi, ikkinchi setda esa tay-brekgacha yetib bordi va unda 6:8 hisobida yutqazdi.
ATP yakuniy turniri — 2026. Turin, Italiya. Guruh bosqichi, 19 noyabr:
Ben Shelton (AQSh, 3) — Rafael Xodar (Ispaniya, 8) — 7:6 (10:8), 7:5 Aleksandr Zverev (Germaniya, 1) — Artur Fis (Fransiya, 6) — 6:4, 7:6 (8:6)
Turnir 15 noyabrdan 22 noyabrgacha davom etadi. Oʻtgan yilgi gʻolib Yannik Sinner bu safar Turinga kelmadi: italiyalik mavsumni muddatidan oldin yakunladi. Ivan Lendl guruhiga Daniil Medvedev, Karlos Alkaras, Frensis Tiafo va Flavio Kobolli kirdi. Jon MakEnro guruhida Zverev, Xodar, Shelton va Fis oʻynamoqda.





