NVIDIA Xitoyning amerikalik sunʼiy intellekt chiplariga kirishi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda
NVIDIA oʻz tezlatkichlarini sotib oluvchilarni ularni Xitoy kompaniyalariga hisoblash quvvatlariga masofadan kirish imkonini berish bilan bogʻliq ehtimoliy huquqiy xatarlar haqida ogohlantirdi.

Bunday sxema chiplarni Xitoyga bevosita import qilmasdan, xorijdagi maʼlumotlar markazlari orqali AQSh chiplaridan foydalanish imkonini beradi.
Bunga javoban AQSh Savdo vazirligi xorijiy kompaniyalarning AQSh texnologiyalari asosidagi ilgʻor hisoblash resurslariga kirishini cheklashga qaratilgan vaqtinchalik qoidalarni eʼlon qildi.
Shu bilan birga, AQShda Vakillar palatasi maʼqullagan, ammo hali Senatdan oʻtmagan Remote Access Security Act (RASA) qonun loyihasi ilgari surilmoqda.
Tomʼs Hardware xabariga koʻra, NVIDIA hamkorlaridan ular taqdim etayotgan xizmatlarning kamida 51 foizi Xitoydan tashqaridagi mijozlarga toʻgʻri kelishini talab qilmoqda. Shuningdek, kompaniya rasmiy maqomini saqlab qolish uchun hamkorlarini Fleet Intelligence monitoring tizimiga ulanishga majbur qildi.
Yangi choralar eksport cheklovlarini xorijdagi bulutli platformalar orqali chetlab oʻtish imkoniyatlarini yopishi va xitoylik sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilarining NVIDIAʼning ilgʻor GPUlariga kirishini qiyinlashtirishi kerak.





