Globe Soccer Awards 2026 yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga nomzodlarni eʼlon qildi
Ushbu sovringa Lionel Messi, Lamin Yamal, Kilian Mbappe va boshqa futbolchilar daʼvogarlik qilmoqda. Oʻtgan yili yil futbolchisi Usmon Dembele boʻlgan.

Qisqa roʻyxatda eng koʻp vakilga ega klub — «PSJ»: parijliklar safidan sakkiz nafar nomzod bor. Ular — Usmon Dembele, Desire Doue, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Fabian Ruis va Vitinya.
«Barselona»dan toʻrt nafar futbolchi nomzod: Pau Kubarsi, Rafinya, Lamin Yamal va Rodri. Madridning «Real» klubini uch futbolchi — Jud Bellingem, Vinisius Junior va Kilian Mbappe — taqdim etadi. «Arsenal»dan esa yana uch nafar nomzod bor: Deklan Rays, Bukayo Saka va Vilyam Saliba.
«Inter» (Federiko Dimarko, Lautaro Martines) va «Bavariya» (Garri Keyn, Maykl Olise)dan ikkitadan nomzod koʻrsatilgan. Qolgan klublarning har biri bittadan futbolchi bilan taqdim etilgan: «Manchester Siti»dan Erling Holand, «Manchester Yunayted»dan Bruno Fernandesh, «Liverpul»dan Dominik Soboslayi va «Inter Mayami»dan Lionel Messi.





