Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Lamborghini yigʻiladigan qattiq tomga ega Temerario Spyderʼni taqdim etdi

Lamborghini maksimal tezligi 343 km/soat boʻlgan yangi Temerario Spyder superkarini taqdim etdi. AQShga yetkazib berish ishlari 2027 yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.

21-noyabr, 00:20По-русски

Read in English

carexpert.com.au

Italiyaning Lamborghini kompaniyasi Temerario superkarining ochiq kuzovli versiyasi — Spyder modelini taqdim etdi. Yangilikning asosiy xususiyati — elektr yuritmaga ega yigʻiladigan qattiq tom boʻlib, u brend kabrioletlarida ilk bor qoʻllangan. Tom atigi 17 soniyada oʻrindiqlar orqasiga yigʻiladi, mexanizmni esa avtomobil 50 km/soatgacha tezlikda harakatlanayotganida ham boshqarish mumkin.

Avtomobil gibrid qurilma bilan jihozlangan: ikki turbinali 4 litrli V8 benzin dvigateli uchta elektr motori bilan birgalikda ishlaydi. Ularning umumiy quvvati 920 ot kuchiga yetadi. Superkar joyidan 100 km/soat tezlikka 2,8 soniyada erishadi, uning maksimal tezligi esa 343 km/soatni tashkil etadi.

Yoʻlovchilar qulayligi uchun sozlanadigan orqa oyna va boʻyin sohasini isitish tizimi koʻzda tutilgan. Shuningdek, xaridorlarga tashqi koʻrinish va salonni individual sozlash uchun keng imkoniyatlar taklif etiladi.

Model sotuvi 2027 yilda boshlanishi kutilmoqda. AQShga dastlabki yetkazib berishlar yilning birinchi yarmiga rejalashtirilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media