Sindarov va Gukesh shaxmat toji uchun bahsni durang bilan boshladi
Javohir Sindarov va Gukesh Dommarajju oʻrtasidagi jahon chempioni unvoni uchun bahsning ilk partiyasi 38-yurishda durang bilan yakunlandi.

Sindarov oq donalarda 1.e4 yurishi bilan boshladi, Gukesh esa Berlin himoyasi bilan javob qaytardi. Farzinlar sakkizinchi yurishda almashtirildi. 20-yurishdan soʻng oʻzbekistonlik shaxmatchida raqibidagi 16 daqiqaga qarshi 55 daqiqa vaqt bor edi, biroq chempion pozitsiyani saqlab qoldi.
Ikkinchi partiya Toshkent vaqti bilan 25-noyabr kuni soat 19:00 da oʻtkaziladi. Unda Sindarov qora donalarda oʻynaydi. Gʻalaba uchun 14 partiyadan 7,5 ochko toʻplash kerak.
Har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda — bu tarixdagi unvon uchun eng yosh bahs hisoblanadi. Sindarov jahon chempionligi uchun bahsda qatnashayotgan ilk oʻzbekistonlikdir. Uning tayyorgarligini Oʻzbekiston Milliy banki qoʻllab-quvvatlamoqda.





