Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Shanxayda Krishtianu Ronalduning Xitoydagi ilk muzeyi ochildi

Shanxaydagi 1-son savdo markazida «Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduga bagʻishlangan Xitoydagi ilk muzey ish boshladi. Uning maydoni qariyb 3000 kvadrat metrni tashkil etadi, deb xabar beradi A Bola.

25-noyabr, 00:40По-русски

Read in English

sportmail.ru

Kirish qismida Portugaliya terma jamoasi libosidagi futbolchining yetti metrli haykali oʻrnatilgan. Muzey yaratuvchilari uni dunyodagi futbolchining toʻliq boʻyli eng baland haykali deb atamoqda.

Ekspozitsiya Ronalduning Madeyradagi bolaligidan jahon miqyosidagi shuhratgacha boʻlgan yoʻlini hikoya qiluvchi oʻnta mavzuli hududni oʻz ichiga oladi. Tashrif buyuruvchilar «Sporting» akademiyasidagi xonaning, kiyinish xonalarining, mehmonxonaning va «Al-Nasr» stadioni tunnelining qayta tiklangan koʻrinishlarini koʻrishlari mumkin.

Funshaldan Shanxayga 50 dan ortiq eksponat — sovrinlar, butsalar va oʻyin formalari olib kelindi. Ular orasida 2008-yilgi «Oltin toʻp», Yevropa chempionligi kubogi hamda Ronalduning «Real» safidagi 350-goliga bagʻishlangan, Zinedin Zidan va jamoa futbolchilarining avtograflari tushirilgan forma bor. Muzeyda, shuningdek, ekspozitsiya uchun maxsus yaratilgan, portugaliyalik futbolchining shaxsiy imzosi qoʻyilgan forma ham namoyish etilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media