Gukesh Sindarov bilan boʻladigan bahs haqida: bu haqiqiy sinovga aylanadi
Hindistonlik grossmeyster Gukesh Dommaraju jahon chempioni unvoni uchun Javohir Sindarov bilan boʻladigan bahsga yanada tajribali shaxmatchi sifatida kirishayotganini aytdi.
24-noyabr, 16:47По-русски

championat.com
Gukesh bahs Jenevada oʻtkazilishi va 14 ta partiyadan iborat boʻlishini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, birinchi partiya boshlanganidan keyin avvalgi tajriba unchalik katta ahamiyatga ega boʻlmaydi, chunki raqib ham, vaziyat ham oʻzgargan.
U Sindarovni yaxshi sport formasidagi barqaror shaxmatchi va oʻz imkoniyatlarining eng yuqori choʻqqisida turgan eng kuchli oʻyinchilardan biri deb atadi. «Bu, shubhasiz, haqiqiy sinov boʻladi», — dedi grossmeyster. U qoʻlidan kelganicha puxta tayyorgarlik koʻrganini qoʻshimcha qildi.





