Makgregor tizzasidagi operatsiyadan keyin zalga qaytdi
UFCning sobiq chempioni Konor Makgregor toʻlaqonli mashgʻulotlarni qayta boshladi. Irlandiyalik jangchi tizzasidagi operatsiyadan keyin tiklanmoqda.

Makgregor tizzasini 12-iyul kuni Maks Holloueyga qarshi jangda jarohatlagan, shundan soʻng unga jarrohlik amaliyoti zarur boʻlgan.
Jangchi jismoniy yuklamalarga qaytganini ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, mashgʻulot dasturiga allaqachon oyoq bilan press va shtangani yerdan koʻtarish mashqlari kiritilgan, tizzasiga tushadigan yuklamani esa u asta-sekin oshirmoqda. Makgregorning taʼkidlashicha, tizzasi mashgʻulotlarga bardosh bermoqda, kuch koʻrsatkichlari esa oʻsmoqda.
«Mak qaytmoqda! Tana toʻliq quvvat bilan ishlayapti. Mashgʻulotlar yigʻiniga tayyorlanyapman», — deb yozdi irlandiyalik jangchi.





