Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Hogvartsga qaytish: HBO «Garri Potter» serialidan ilk sahnani namoyish etdi

HBO «Garri Potter» serialidan bir yarim daqiqalik parchani eʼlon qildi. Unda Hogvartsning Katta zalidagi bayramona kechki ovqat tasvirlangan: oʻquvchilar Dambldorni qarshi oladi, direktor esa barmoqlarini qarsillatib, dasturxonlarni taomlarga toʻldiradi.

17-noyabr, 03:33По-русски

Read in English

vgtimes.ru

Parchada «Garri Potter va falsafa toshi» kitobida boʻlmagan dialog ham bor. Dambldor hazillashib, Makgonagall Garrini Griffindorda koʻrib turganidan albatta xursand boʻlsa kerakligini aytadi. Professor javoban bolaning otasi Jeymsga juda oʻxshashini aytadi. Dambldor bunga eʼtiroz bildiradi: tashqi koʻrinish aldamchi boʻlishi mumkin, Garrining feʼl-atvori esa oʻziga xos.

Serial ustida «Vorislar» seriali bilan tanilgan Francheska Gardiner hamda «Evani oʻldirish» seriali ssenariynavisi Laura Nil ishlamoqda. Ijodkorlar loyiha koʻlami jihatidan «Taxtlar oʻyini» va «Ajdarlar uyi»dan qolishmasligini vaʼda qilmoqda.

Birinchi mavsum HBO va HBO Maxʼda 2026-yil 25-dekabrda chiqadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media