Microsoft katta AI modellarini ishga tushirish uchun kompyuterlarni USB4 orqali birlashtirdi
Microsoft Windows dasturchilari uchun USB4 orqali RDMAʼning dastlabki versiyasini chiqardi. U mos kompyuterlarni birlashtirib, AI modeli yuklamasini taqsimlaydi.

Texnologiya tizimlar xotirasi oʻrtasida maʼlumotlarni tarmoq stekining katta qismini chetlab, bevosita uzatadi. Bu kechikish va protsessorga tushadigan yukni kamaytiradi, taqsimlangan hisoblashlar uchun esa muhim.
Ulash uchun USB4 portlariga ega zamonaviy kompyuterlar va mos kabellar kerak. Uchta kompyuterni birlashtirganda, ulardan birida ikkita shunday port boʻlishi lozim. Foydalanuvchilarga alohida RDMA adapteri, tarmoq kommutatori yoki uchinchi tomon drayverlari kerak boʻlmaydi.
USB4 uchun NetworkDirect provayderi va llama.cpp asosidagi sinov platformasi ochiq manbali loyihalardir. Namoyishda Ryzen AI Max+ 395 va 128 GB tezkor xotiraga ega mini-kompyuterlardan foydalanildi. Uch qurilma birgalikda kvantlangan Qwen3-235B-A22B modelini ishga tushirdi. Microsoft taxminan 18,5 token/sekund tezlikka erishdi, AMD esa oʻz konfiguratsiyasida 21,98 token/sekund natijani maʼlum qildi.





