Steven Spielberg Paul Thomas Anderson ssenariysi asosida vestern suratga oladi
Steven Spielberg Kevin Barry romani asosida vestern suratga olishini eʼlon qildi. Ssenariyni Paul Thomas Anderson yozadi, bosh rollarda Cillian Murphy, Jessie Buckley va Mark Rylance.

Bu Spielbergning Anderson bilan ilk hamkorligi boʻladi. The Heart in Winter («Qishda yurak») romanining ekranlashtirilishiga hozircha rasmiy nom berilmagan.
Voqea markazida irlandiyalik muhojirlar Tom va Polly turadi. Ular 1891 yilda Montana shtatidagi kichik shaharchada uchrashib, sevishib qoladi va Gʻarbga qochishga qaror qiladi. Qahramonlar San-Fransiskoda osoyishta hayot kechirishni orzu qiladi, biroq koʻp oʻtmay ularni taʼqib qilish uchun yollanma askarlar yoʻlga chiqadi.
Spielbergning aytishicha, Murphy va Buckley u loyiha uchun unda ishtirok etishni taklif qilmoqchi boʻlgan ilk aktyorlar edi. Mark Rylance ham bosh rollardan biriga tasdiqlangan.
Rejissyorning doimiy operatori Janusz Kaminski avvalroq aytganidek, suratga olish ishlari 2027 yilda boshlanishi kerak. Film 2028 yilda chiqishi rejalashtirilgan. Ishlar boshlanishining aniq sanasi ham, premyera sanasi ham hozircha koʻrsatilmagan.





