Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Kuchli shamol daraxtlarni qulatib, Samarqand viloyatida elektr taʼminotida uzilishlarga sabab boʻldi

19 noyabr kuni kuchli shamol Samarqand shahri, Bulungʻur va Tayloq tumanlaridagi daraxtlar hamda elektr tarmoqlariga zarar yetkazdi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Jabrlanganlar yoʻq.

20-noyabr, 18:40По-русски

Read in English

t.me

Samarqand viloyatida kuchli shamol soat 18:15 dan 20:40 gacha kuzatildi. Bir necha joyda daraxt shoxlari sindi, natijada piyodalar va transport harakatiga toʻsqinliklar yuzaga keldi. Samarqanddagi Ali Qushchi koʻchasida daraxt egilib, avtomobil ustiga qulab tushdi.

Qutqaruvchilar daraxt va shoxlarni olib tashlash hamda hududlarni xavfsiz holatga keltirish uchun hodisa joylariga yoʻl oldi. Aholiga ham zarur yordam koʻrsatilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari»ning Samarqand viloyati filiali maʼlumotlariga koʻra, qulagan shoxlar elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazib, viloyatning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilishlarga sabab boʻlgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media