Sinnerga operatsiya xavf solmoqda: tizzani konservativ davolash samara bermadi
Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannik Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash hozircha «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani bermadi. Italiyalik tennischi kortga qaytmadi: u hali ham toʻlaqonli mashgʻulotlarni tiklagani yoʻq.
Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham inkor etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlik aralashuvisiz iloj qolmasligi mumkin.
2026-yilgi Uimbldondagi gʻalabasidan keyin Sinner birorta ham ATP turnirida ishtirok etmadi.





