GTA 6 uchun ob-havo almashinuvi va xatolar tuzatilgan ilk patch chiqdi
23 noyabr kuni Rockstar Games GTA 6 uchun ilk patchni chiqardi: hajmi qariyb 600 MB boʻlgan 01.002.002 yangilanishi PS5 va Xbox Seriesʼda mavjud.
24-noyabr, 15:35По-русски

championat.com
Patch oʻyin relizidan keyin aniqlangan xatolarni tuzatadi. Jumladan, ob-havo endi tez-tez oʻzgarishi, Jeyson va Lusiya esa syujet hamda qoʻshimcha missiyalar uchun qoʻngʻiroqlar olishi kerak.
Yangilanish, shuningdek, oʻyinning ishdan chiqishi, avtomatik saqlash bilan bogʻliq muammolar va qahramonlar qidiruv darajasini pasaytira olmagan xatoni bartaraf etadi. Ishlab chiquvchilar shtangani yerdan koʻtarish (stanovaya tyaga) mashqidagi nosozlikni hamda hamrohlar olib-sotarlarga sotish uchun sumkalarni uzatmagan holatni tuzatdi.
GTA 6 19 noyabr kuni PS5 va Xbox Seriesʼda chiqdi.





