Motorola kompaniyasining iPhone Duo raqibi Razr Flex batafsil tasvirlarda sizdirildi
Motorola Razr Flex buklanadigan smartfonining ikki rangdagi tasvirlari internetda paydo boʻldi. Model 2027-yil boshida chiqarilishi mumkin, uning narxi esa taxminan $1 799 deb baholanmoqda.

Renderlarda Dark Botanical Garden — yashil, Coriander esa jigarrang versiya sifatida koʻrsatilgan. Orqa panellar toʻqilgan material va charm koʻrinishida ishlangan. Smartfon ikkita asosiy kameraga ega, selfi kameralari esa har ikki displeyda joylashgan.
Diagonali 4,97 dyuym boʻlgan tashqi ekran keng va ixcham formatda ishlangan. Ichki panel ham shunga oʻxshash keng formatga ega boʻlib, uning diagonali taxminan 7 dyuym boʻlishi kutilmoqda. Bunday korpus Razr Flexʼni iPhone Duo va Galaxy Z Fold 8’ga raqibga aylantirishi mumkin.
Sharnir qurilmani yarim ochiq holatda ushlab tura oladi. Narxi hozircha tasdiqlanmagan: dastlabki maʼlumotlarga koʻra, smartfon taxminan $1 799 turishi mumkin. Motorola yangi qurilmani 2027-yil boshida taqdim etishi kutilmoqda; eng ehtimoliy muddat sifatida yanvar oyida boʻlib oʻtadigan CES koʻrgazmasi tilga olinmoqda.





