Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Kelajak oroli: geek-milliarder ulkan suzuvchi SLAB platformasini qurmoqchi

Oculus asoschisi va mudofaa kompaniyasi Anduril hammuassisi Palmer Laki SLAB loyihasi haqida gapirib berdi. Unga koʻra, bu ulkan suzuvchi platformani okean oʻrtasidagi alohida sanoat shahriga aylantirish rejalashtirilmoqda.

19-noyabr, 04:14По-русски

Read in English

ixbt.com

Laki rejasiga koʻra, inshoot 1000 yilgacha xizmat qilishi va quruqlikda shunga oʻxshash obyektlarni qurishdan arzonroqqa tushishi mumkin. Platformada metallni qayta ishlash, neftni qayta ishlash, suvni tuzsizlantirish, kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda tibbiy tadqiqotlar bilan shugʻullanuvchi korxonalarni joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Tadbirkorning tushuntirishicha, loyiha AQSh sanoatiga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qoʻyiladigan cheklovlar kamroq boʻlgan sharoitda ishlashga yordam berishi kerak. Uning soʻzlariga koʻra, bu gʻoya Oculus 2014 yilda Facebook kompaniyasiga sotilganidan keyin paydo boʻlgan. Laki taʼkidlaganidek, 2017 yilda loyiha 1 mlrd dollarga baholangan.

Shu bilan birga, SLAB hozircha konsepsiya boʻlib qolmoqda: qurilishning aniq muddatlari, joylashuv manzili va texnik parametrlari oshkor etilmagan. Laki, shuningdek, gap sunʼiy intellekt uchun moʻljallangan suzuvchi maʼlumotlarni qayta ishlash markazi haqida ketmayotganini taʼkidladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media