Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Qirol Charlz III va Idris Elba The Kingʻs Trust haqidagi Netflix filmida

Netflix The Kingʻs Trust haqidagi hujjatli film premyerasini Boxing Day — 26 dekabrga rejalashtirdi. Film fondning 50 yilligiga bagʻishlangan.

24-noyabr, 02:40По-русски

Read in English

deadline.com

Filmda Elba fond faoliyatini oʻrganadi va uning Qirol Charlz III bilan aloqasi haqida soʻzlaydi. Aktyor Sharqiy Londonda ulgʻaygan va The Kingʻs Trust grantini olgan. Bu grant unga kino va televideniyedagi faoliyatini boshlashga yordam bergan.

Suratga olish ishlari bir yil davomida olib borildi. Hujjatli film fond dunyo boʻylab 1,5 mln nafardan ortiq yoshga oʻziga boʻlgan ishonchni hamda ishlash uchun zarur koʻnikmalarni rivojlantirishda qanday yordam berganini koʻrsatadi. Unda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash haqidagi umumiy qarash birlashtirgan ikki insonning doʻstligi ham hikoya qilinadi.

Charlz III tashkilotga 1976 yilda, shahzoda Charlz boʻlgan paytida asos solgan. Oʻshanda u Princeʼs Trust deb atalgan. Fondning taniqli tarafdorlari orasida Benedikt Kamberbetch, Jemma Arterton va Gari Lineker bor.

Filmni Elba Din Petterli va Jina Karter bilan birga boshqaradigan 22 Summers mustaqil kompaniyasi ishlab chiqarmoqda. Shouranner — Kler Bredberi, rejissyor esa Eshli Frensis-Roy.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media