Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Madaniyat

Kanye Uest musiqachilarni «Nebuchadnezzar» operasi ustida ishlashga majburlaganlikda ayblandi

Musiqachi Cheyz Teylor reperga qarshi daʼvo arizasi berdi. U majburiy mehnatga jalb qilingani va kompozitsiyalaridan noqonuniy foydalanilganini bildirdi.

17-noyabr, 02:20По-русски

Read in English

t.me

Kanye Uest 2019-yilda «Nebuchadnezzar» operasini tayyorlash bilan bogʻliq sud daʼvosiga duch keldi. Musiqachi Cheyz Teylor reper va u bilan bogʻliq kompaniyalarni artistlarni noqonuniy ushlab turish hamda ularni spektakl ustida ishlashga majburlashda aybladi.

Daʼvogarning soʻzlariga koʻra, uni tayyor spektaklda bosh vokal partiyasini ijro etishga taklif qilishgan. Biroq u Vayomingga yetib kelganidan keyin spektakl ustidagi ishlar hali tugallanmagani maʼlum boʻlgan. Teylorning taʼkidlashicha, uni va boshqa musiqachilarni maktabdagi musiqa sinfi xonasiga qamab qoʻyishgan hamda asarning katta qismini toʻrt kun ichida tayyorlashga majburlashgan. Shu bilan birga, ularga goʻyoki yetarli miqdorda oziq-ovqat va suv, shuningdek, uxlash uchun normal sharoit taʼminlanmagan.

Bundan tashqari, Teylor oʻz kompozitsiyalaridan keyinchalik ruxsatsiz va haq toʻlamasdan foydalanilganini bildirgan. U bunday materiallar qatorida Trevis Skottning «Telekinesis» qoʻshigʻi hamda «Vultures 2» albomidagi kompozitsiyalarni tilga olgan.

Barcha ayblovlar daʼvo arizasida keltirilgan va hozircha sud tomonidan tasdiqlanmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media