Jensen Huang janjal fonida Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqdi
Nvidia bosh ijrochi direktori Jensen Huang darhol kompaniya prezidenti, rahbari va direktorlar kengashi aʼzosi lavozimlarini tark etdi. Nvidiaʼga vaqtincha moliya direktori Colette Kress rahbarlik qiladi.

Qarorni Nvidia direktorlar kengashi eʼlon qildi. Colette Kress ijrochi vitse-prezident va moliya direktori lavozimlarini saqlab qoladi hamda doimiy voris tayinlanguniga qadar bosh ijrochi direktor vazifasini bajaradi.
Direktorlar kengashi yangi rahbarni izlashni allaqachon boshladi. Bu lavozimga kompaniya xodimlari ham, tashqi nomzodlar ham koʻrib chiqiladi.
Avvalroq Huangning Megaspeed rahbari Alice Huang bilan yaqin aloqasi haqida xabar berilgandi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Pekin u orqali Nvidiaʼning Xitoyga yetkazib berilishi cheklangan ilgʻor chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlgan boʻlishi mumkin.
Bundan tashqari, uning qoʻl ostida ishlagan Nvidia vitse-prezidenti Kimberly Powell bilan nikohdan tashqari munosabatlari boʻlgani maʼlum boʻldi.





