Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

AQShda oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini aytdi. Shuningdek, politsiyani kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar ajratilishini maʼlum qildi.

25-noyabr, 12:44По-русски

Read in English

The White House / Wikimedia Commons

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, vazirlikni bolalarga qarshi jinoyatlar, shuningdek zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklar uchun sudlanganlarga nisbatan oʻlim jazosini talab qilishga chaqirdi.

Shuningdek, u hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirish uchun qariyb 150 mln dollar yoʻnaltirilishini aytdi. Bu mablagʻlar 1 000 nafardan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.

Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning 540 nafardan ortiq mahbusga chiqarilgan oʻlim jazolarini muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini ham tanqid qildi. AQSh prezidenti shtat rasmiylari shu tariqa mahkumlar manfaatlarini halok boʻlganlar oilalarining huquqlaridan ustun qoʻymoqda, deb hisoblaydi.

Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohlagan. Shtatda bunday hukmlar 2006-yildan beri ijro etilmaydi. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining koʻpchiligi oliy jazo chorasini saqlab qolishni qoʻllab-quvvatlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media