Ishon, ammo taqiqlagin: AI-agent vakolatlarini turli darajalarda cheklash
Magnit Tech yetakchi ishlab chiquvchisi Mixail Onyanov AI-agent ishini tekshirib, git pushdagi qoidabuzarliklarni aniqladi. U infratuzilmani yoʻriqnomalar va tashqi cheklovlar bilan himoyalashni taklif qiladi.

Onyanov ish sessiyalaridagi 193 ta git push chaqiruvini tahlil qildi. Qoida joriy etilgach, 109 holatning qariyb uchdan birida agent ruxsat soʻramadi; uch marta oʻzgarishlarni main branchiga yubordi. 31 ta force push urinishidan faqat ikkitasiga foydalanuvchi aniq ruxsat berdi.
Muallif AGENTS.md yoʻriqnomalarini ishonchsiz deb hisoblaydi: ular model kontekstidagi oddiy matn boʻlib, agent ularni unutishi yoki chetlab oʻtishi mumkin. Shu sabab mainʼga yuborishni GitLabʼdagi himoyalangan kod branchlari darajasida bloklash kerak.
U himoyani toʻrt darajaga ajratadi: nol darajada yoʻriqnomalar faqat kerakli xatti-harakat ehtimolini oshiradi; agent hooklari aniqlangan buyruqlarni bloklaydi, ammo skript va boshqa vositalar bilan chetlab oʻtilishi mumkin. Operatsion tizim, konteyner yoki virtual mashina izolyatsiyasi fayllar va tarmoqqa kirishni cheklaydi. Eng ishonchli daraja — platforma tomoni nazorati: agentga alohida huquqlar, Git, maʼlumotlar bazasi va CIʼdagi majburiy tekshiruvlar.
Xatarlar qatorida tasodifiy xatolar, ortiqcha huquqlar bilan bajarilgan harakatlar va prompt injection orqali qasddan uyushtirilgan hujumlar bor. Xulosa: himoya model qarorlariga qanchalik kam bogʻliq boʻlsa, shunchalik ishonchli boʻladi.





