Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

Malaysia Airlines Toshkentga mavsumiy reyslarni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda

Malayziyaning Malaysia Airlines aviakompaniyasi Langkavi oroli va Toshkent oʻrtasida mavsumiy toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni ochishni rejalashtirmoqda. Parvozlar dasturi 2026-yil 5-dekabrdan 2027-yil 6-fevralgacha boʻlgan davrga moʻljallangan.

18-noyabr, 16:18По-русски

Read in English

Langkavi — Toshkent — Langkavi yoʻnalishidagi reyslarni haftasiga bir marta, shanba kunlari amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Yangi yoʻnalish Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi sayyohlik safarlari imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Malaysia Airlines — 1947-yilda tashkil etilgan Malayziyaning milliy aviakompaniyasi. Kompaniya Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida joylashgan va oneworld aviatsiya alyansiga kiradi.

Hozircha yoʻnalishga qaysi samolyot xizmat koʻrsatishi, chiptalar narxi qancha boʻlishi va ularning sotuvi qachon boshlanishi maʼlum qilinmagan. Gap muntazam reyslarni yoʻlga qoʻyish haqida emas, balki mavsumiy charter dasturi haqida bormoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media