Rivojlanayotgan bozorlar aksiyalari yillik oʻsishni boy bermoqda
Rivojlanayotgan bozorlar aksiyalari texnologik qimmatli qogʻozlarning global sotuv toʻlqini fonida 2026 yil boshidan beri qayd etilgan oʻsishning barchasini yoʻqotish yoqasiga yaqinlashmoqda.

Bunga investorlarning sunʼiy intellekt istiqbollari va ushbu sohadagi kompaniyalarning yuqori baholari barqarorligidan xavotirga tushgani sabab boʻldi.
MSCI Emerging Markets indeksi dushanba kuni 1,2 foizga pasayib, 1404,03 punktgacha tushdi. Pasayish ketma-ket sakkizinchi sessiyada ham davom etdi. Bungacha indeks iyun oyidagi maksimumga nisbatan 20 foizdan koʻproqqa pasayib, «ayiq bozori» deb ataladigan bosqichga kirdi.
Sotuv toʻlqini, ayniqsa, Osiyoning texnologiya sektoriga kuchli taʼsir koʻrsatdi. Samsung Electronics va SK Hynix aksiyalari arzonlashdi, Janubiy Koreyaning Kospi indeksi esa savdolar boshida 3 foizdan koʻproqqa pasaydi.
Shu bilan birga, AQSh fond bozori fyucherslari tiklanishni namoyish etdi: S&P 500 boʻyicha kontraktlar 2,2 foizga, Nasdaq 100 boʻyicha kontraktlar esa qariyb 3 foizga oshdi. Bu investorlar kotirovkalar pasayishidan xarid qilish uchun foydalanishga urinayotganini koʻrsatadi.





