Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Jamiyat

WSJ: Xuang NVIDIAʼga qaytishidan oldin direktorlar kengashiga boshqa nikohdan tashqari munosabatlari haqida aytgan

NVIDIA rahbari Jensen Xuang direktorlar kengashiga qoʻshimcha nikohdan tashqari munosabatlari haqida aytib, xatti-harakatidan afsusdaligini bildirgan. The Wall Street Journal bu holat tadbirkorni kompaniya rahbari lavozimiga qayta tiklashdan oldingi uzoq davom etgan uchrashuvda yuz berganini muhokamadan xabardor manbalarga tayanib xabar qildi.

24-noyabr, 19:34По-русски

Read in English

vgtimes.ru

OAV maʼlumotlariga koʻra, avvalroq Xuang kamida uch nafar ayol bilan aloqador deb koʻrsatilgan. Ular orasida Singapurdagi Megaspeed International kompaniyasi rahbari Alisa Xuang va NVIDIA vitse-prezidenti Kimberly Pauell bor. Reuters ham tadbirkorning kompaniyaning ismi oshkor qilinmagan yana bir xodimasi bilan munosabatlari haqida xabar bergan.

WSJ yozishicha, 22 noyabr kuni Xuang direktorlar kengashi aʼzolariga avval keng jamoatchilikka maʼlum boʻlgan ikki aloqadan tashqari boshqa munosabatlari haqida aytib, pushaymonligini bildirgan. Biroq bu tan olishlar Reuters avval xabar bergan, ismi oshkor qilinmagan NVIDIA xodimasi bilan munosabatlarni ham oʻz ichiga olganmi yoki yoʻqmi, hozircha nomaʼlum. Nashr munosabatlarning aniq soni va barcha ayollarning shaxsini aniqlashtirmagan.

Muhokamadan soʻng direktorlar kengashi Xuangni bosh direktor lavozimiga qaytarish uchun bir ovozdan ovoz berdi. Forbes maʼlumotiga koʻra, kengash tadbirkor korporativ xulq-atvor kodeksini ham munosabatlarning oʻzi, ham ular haqida kompaniyaga xabar bermagani bilan buzgan, degan xulosaga kelgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media