Tanqidchilar GTA 6ni eng yaxshi oʻyinlardan biri deb atadi
IGN oʻyinlar nashri Grand Theft Auto VI sharhini eʼlon qilib, Rockstar Games kompaniyasining uzoq kutilgan loyihasiga maksimal — 10 balldan 10 ball berdi. Sharhni oʻyinda 120 soatdan ortiq vaqt oʻtkazgan jurnalist Lyuk Rayli tayyorlagan.

Sharhlovchi GTA 6ning asosiy afzalligi sifatida nihoyatda batafsil ishlab chiqilgan ochiq dunyoni qayd etdi. Voqealar markaziy manzili yangilangan Vays-Siti boʻlgan xayoliy Leonida shtatida kechadi. Oʻyinchilar munosabatlari syujetning muhim qismiga aylanadigan jinoyatchilar juftligi — Jeyson va Lusiyaning hikoyasini kuzatib borishlari kerak boʻladi.
Jurnalist yakuniy xulosasida GTA 6ni oʻzi oʻynagan videyoʻyinlar orasida eng taʼsirlisi deb atadi. Uning soʻzlariga koʻra, Rockstar avvalgi qismlar formulasini sezilarli darajada rivojlantirishga va unda doimo yangi tafsilotlar hamda oʻrganish imkoniyatlari topiladigan dunyoni yaratishga muvaffaq boʻlgan.





