Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Iqtisodiyot

Heyli Biber milliard dollarlik muvaffaqiyatining kutilmagan sirini aytdi

Model va tadbirkor ayol Heyli Biber DealBook sammitida Rhode brendining muvaffaqiyati sababini «ijobiy xayol» deb atadi. Brend e.l.f. Beauty kompaniyasiga $1 mlrdga sotilgan.

20-noyabr, 12:31По-русски
hellomagazine.com

Biber Nyu-Yorkda oʻtkazilgan DealBook sammitida kosmetika brendini sotish uchun boshidanoq minimal narx belgilaganini aytdi. Uning taʼkidlashicha, taklif $1 mlrddan past boʻlsa, u bitimga rozi boʻlmasdi. Biber bu maqsadga erishish imkoniyatini «optimistik yanglish tasavvur» bilan bogʻladi.

Rhode 2025-yil may oyida e.l.f. Beauty kompaniyasiga oʻtdi. Bu xarid kompaniya tarixidagi eng yirik kelishuv boʻldi. Biber avvalroq brendni albatta sotishga intilmaganini, biroq mos taklif va yangi egani koʻrib chiqishga tayyor boʻlganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, e.l.f. Beauty u bunday kompaniyaga qoʻygan barcha talablarga javob bergan.

Biber teri parvarishiga koʻp yillik qiziqishidan soʻng Rhode brendini 2022-yilda ishga tushirdi. Dastlabki 11 kun ichida brend $10 mlnlik savdoga erishdi. Oʻgʻli tugʻilganidan keyin tadbirkor ayol ish va shaxsiy hayotidagi oʻzgarishlar bir vaqtning oʻzida yuz bergani sababli bosimni his qilganini aytgan.

Sotuvdan soʻng Biber Rhode kompaniyasining bosh kreativ direktori lavozimini saqlab qoldi. U boshqa biznes loyihalarini rivojlantirmoqchi ekanini, biroq shoshilmasligini ham bildirdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media