Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sport

Javohir Sindarov shaxmat toji uchun bahsning ilk partiyasida oq donalar bilan oʻynaydi

Jenevada 2026 yilgi shaxmat boʻyicha jahon chempioni unvoni uchun boʻladigan match oldidan rasmiy matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Qurʼa natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahsni oq donalar bilan boshlaydi.

24-noyabr, 01:58По-русски

Read in English

t.me

Tadbir 22 noyabr kuni Jenevadagi BMT Millatlar saroyida (Palais des Nations) boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida amaldagi jahon chempioni Gukesh D, shaxmat toji uchun daʼvogar Javohir Sindarov va FIDE prezidenti Timur Turlov ishtirok etdi. Mehmonlar orasida xalqaro shaxmat hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari vakillari ham boʻldi.

Tadbirda Oʻzbekiston nomidan milliy shaxmat federatsiyasi xodimlari Bobur Sattorov va Komil Sindarov qatnashdi.

Uchrashuv davomida raqiblar boʻlajak bahsga tayyorgarliklari haqida soʻzlab, matchdan kutayotgan natijalari bilan oʻrtoqlashdi va oʻz maqsadlarini bayon qildi.

Shaxmat toji uchun matchning birinchi partiyasi 24 noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media