Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Chorshanba, 25-noyabr 2026-yilRUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Texnologiyalar

Huawei oʻz operatsion tizimida 100 mln qurilmaga erishilganini eʼlon qildi

Xitoyning Huawei kompaniyasi HarmonyOS operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar, planshetlar va kompyuterlar soni 100 mln dan oshganini maʼlum qildi. Bu Androidʼga muqobil boʻlishi kerak boʻlgan kompaniyaning oʻz dasturiy platformasini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.

24-noyabr, 20:50По-русски

Read in English

ixbt.com

Bu natijaga erishilgani haqida Huawei ijrochi direktori Yu Chengdong 2026 yil 24 noyabrda maʼlum qildi. Statistikaga HarmonyOS 5, 6 va 7 versiyalarida ishlaydigan qurilmalar kiritilgan.

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, ekotizim allaqachon 460 mingdan ortiq ilova va servisni oʻz ichiga oladi, roʻyxatdan oʻtgan dasturchilar soni esa 12 mln dan oshgan.

HarmonyOSʼning yangi versiyasining asosiy xususiyati shundaki, u endi Android negizidan foydalanmaydi va odatiy Android ilovalarini ishga tushirishni qoʻllab-quvvatlamaydi. Shu sababli Huawei dasturchilar hamda servislar ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda oʻz dasturiy ekotizimini yaratishiga toʻgʻri keldi.

Kompaniyaga 100 mln qurilma koʻrsatkichiga erishish uchun tizimning yangi arxitekturasi 2024 yil oktabrida tijoriy ravishda ishga tushirilganidan beri taxminan 25 oy kerak boʻldi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media